O’ZBEKISTONDA PO’LAT TRUBALAR SAVDOSI

MINTAQAVIY VAKIL | BOZORNING YETAKCHI TA’MINOTCHISI

BIZNING AFZALLIKLARIMIZ

welder

15 yil bozorda

welder-m

145 895 tonna yetkazib berilgan truba

gauge

50 xildan ortiq mahsulot hajmi

MAHSULOTLAR KATALOGI

SUVGAZ QUVURLARI

14 mln.so’m/t dan boshlanadi

Bugungi kunda sanoatda ishlab chiqarilayotgan metall mahsulotlar ichida suvgaz quvurlariga ehtiyoj juda katta. Po’lat mahsulotlardan qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligida keng foydalanilmoqda. Biz taklif qilayotgan quvurlar pechda payvandlash usuli bilan tayyorlangan bo’lib, bir qancha ustunlikka ega – elektr payvand chokining yo’qligi, pishiqlik va qayishqoqlik darajasining yuqoriligi, asosiy metall hamda truba ulangan joy xususiyatlarining bir xilligi.
savol berish

ELEKTR PAYVAND QUVUQLAR

13 mln.so’m/t dan boshlanadi

Elektr payvand quvurining ahamiyatli tomoni – uning foydalanishdagi o’ziga xos universalligidir. Bu avvalam bor sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari tomonidan, shuningdek truboprovodlar montaji, mebel ishlab chiqarish hamda zamonaviy turar-joy va tijorat binolarining interyerini yaratishda muvaffaqiyatli foydalaniladigan yo’g’on kesimli mahsulotlarga taalluqlidir. Bundan tashqari elektr payvand quvurlari turli xil buyumlarni tayyorlashda asosiy material hisoblanadi. Umumiy maqsadda foydalaniladigan payvand quvurlari, profil quvurlar mashinasozlik, uy-joy kommunal xo’jaliklari, qurilish va qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun mo’ljallangan. Neft-gaz payvand trubalari oddiy va tarkibida oltingugurt bo’lgan hamda aktiv korroziyali muhitni yetkazib beruvchi neft-gaz quvurlarining qurilishi uchun mo’ljallangan. Quvurlar ichki gratlardan xoli bo’lgan holda yetkazib berilishi mumkin.
savol berish

CHOKSIZ QUVURLAR

18 mln.so’m/t dan boshlanadi

Umumiy maqsadda foydalanishga mo’ljallangan issiq va sovuq deformatsiyali quvurlar. Choksiz po’lat trubalar boshqa quvur mahsulotlar ichida eng mustahkami sanaladi. Yuqori sifatli metalldan tayyorlangan trubalarning yaxlit devori quvurlarga o’ziga xos imkoniyatlar yaratadi – ulardan yuqori harorat va bosimli sharoitlarda foydalanish mumkin. Choksiz po’lat quvurlar qimmatbaho mahsulot hisoblanib, ularni ishlab chiqarilishi uchun maxsus asboblar va texnologiyalardan foydalaniladi. Choksiz quvurlar po’latdan – ya’ni temir bilan uglerodning yuqori oqimli qotishmasidan hosil bo’lgan hamda qattiqligi va tashqi ta’sirlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Choksiz va qalin devorli ushbu quvurli material raqobatdan xolidir. Quvurli choksiz mahsulotlarning texnik sifati po’latning xili va ishlab chiqarilish usuli – issiq yoki sovuq prokatga bog’liq. Mahsulotlarning ishlab chiqarilishi davlat satndarti tomonidan maxsus ishlab chiqilgan norma asosida qat’iy belgilangan. Chig’irlash bo’limidan belgilangan parametrlarga to’liq javob beruvchi mahsulot chiqib keladi.
savol berish

Magistral quvurlar

15 mln. so’m/t dan boshlanadi

Katta diametrli elektr payvandlangan magistral trubalar umumiy maqsadda foydalaniladigan quvurlar, neft-gaz quvurlari, kon neft quvurlari, issiqlik tizimi va atom stantsiyalari uchun quvurlar qurilishi uchun mo’ljallangan. Magistral quvurlar quyidagilarni yetkazib berish uchun xizmat qiladi:
1.Isitish tizimi va suv bilan ta’minlovchi boshqa tizimlardagi suvni;
2.Kompressor va nefni saqlash stantsiyalari, yer osti gaz saqlash stantsiyalari, bosimli kompressor stantsiyalari, gaz taqsimlash stantsiyalari va gaz sarflanish o’lcho’vi hududlari doirasidagi tovar mahsulotlarni;
3.C3 va C4 fraktsiyali suyultirilgan gaz va ularning aralashmasi, nostabil benzin va neftli gaz kondensati hamda suyultirilgan uglevodorodlarni qazib olingan yoki ishlab chiqarilgan joyidan foydalaniladigan joyigacha;
4. neft va neft mahsulotlarining (stabil kondensat va stabil benzin bilan birga) qazib olinishi, ishlab chiqarilishi, saqlanishi hamda iste’mol qilinadigan joygacha yetkazib berilishi. Kondensat va benzin mahsulotlariga +20°C haroratda 0,2 MPa (2 kgs/cm2) to’yingan bug’ elastikligiga ega bo’lgan uglevodorodlar va ularning aralashmalari kiradi.
savol berish

Onlayn kalkulyator

SAMARALI FAOLIYAT

Nima uchun 10 nafar qurilish kompaniyalaridan 9 tasi aynan bizning kompaniyamizni tanlaydi

RAQOBATCHILARIMIZNING ISHLASH TIZIMI

  • ISHGA NOPROFESSIONAL YONDASHUV

  • YETKAZIB BERISH MUDDATIGA AMAL QILMASLIK

  • RESURSLARNI CHEKLANISHI

  • XUSUSIY OMBORLARNING YO`QLIGI

  • MAHSULOTLARINING TURI KAMLIGI

BIZ QANDAY ISHLAYMIZ

  • RASMIY KELISHUV ASOSIDA ISH YURITAMIZ

  • YUK JONATISH MUDDATIGA 100% AMAL QILAMIZ

  • ISTALGAN HAJMDAGI MAHSULOTLARNI YETKAZIB BERAMIZ

  • SHAXSIY OMBORXONAGA EGAMIZ

  • 50 DAN ORTIQ HAJMDAGI QUVURLARNING XILI BOR

MAXSUS TAKLIF

Saytdan 10 tonnadan ortiq hajmdagi mahsulotlarga buyurtma berilganda alohida chegirmalarga ega bo’lasiz! Buyurtmangizni qoldirsangiz yoki telefon orqali qo’ng’iroq qilsangiz, bizning menedjer Siz bilan bog’lanadi va eng qulay shartlarni taklif qiladi.

BUYURTMA QOLDIRISH

KOMPANIYA HAQIDA

Biz uylar, zavodlar qurmaymiz, oltin, uran, neft qazib chiqarmaymiz, avtomobil va maxsus texnika ishlab chiqarmaymiz, samolyot, poyezd va yo’llarni ta’mirlamaymiz – bularning hammasini Sizlar, ya’ni bizning mijozlarimiz bajarasizlar. Buning uchun biz Sizlardan minnatdormiz – xonadonimizga kirib kelayotgan iliqliq, qulaylik, shinamlik uchun, xalqimizning gullab yashnayotgani uchun. Biz 15 yillik faoliyatimiz davomida Sizga bu mashaqqatli ishingizda yordam berib kelamiz xolos hamda quvur mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojingizni qondiramiz. Biz mijozlarimizni faqatgina jahon standartlariga to’liq javob beradigan yuyqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlaymiz hamda bu sohaning yetakchisi bo’lmish MDH mamlakatlari orasidagi eng ilg’or quvur ishlab chiqaruvchi – PAO Trubnaya Metallurgicheskaya kompaniya “TMK” (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlikda ishlaymiz. Bizning kompaniyamiz esa o’z navbatida “TMK” ning O’zbekiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili hisoblanadi.

0
yillik kafolat
0
tonna yetkazib berilgan quvur
0
yillik tajriba

MAHSULOTLARIMIZ SAQLANADIGAN OMBORLAR

BIZNING SERTIFIKATLARIMIZ

BIZNING MIJOZLARIMIZ

BIZ BILAN BOG’LANISH

Manzil

100069, O’zbekiston Respublikasi, Olmazor tumani, Shiroq ko’chasi, 100-uy

mobil telefon raqamlari

ishxona telefon raqamlari

Faks

+99871 228-11-32

E-mail

info@truby.uz